Mo'ynoqda referendum yuzasidan tadbirlar
Respublikamizning barcha hududlarida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun va mohiyatini keng jamoatchilikka etkazish va respublikamizda 2023-yil 30-aprel kuni o’tkaziladigan Referendumda aholining faolligini oshirish maqsadida targíbot va tashviqot tadbirlari hamda uchrashuvlar o’tkazilmoqda. Bu jarayonda universitetimiz professor-o’qituvchilari ham faol ishtirok etishmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida joriy yilning 3-8 aprel kunlari “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boy’icha Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar, ularning mazmun va mohiyati, 30-aprel kuni respublikamizda o’tkaziladigan Referendum to’grisida Mo‘ynoq tumani Deputatlar Kengashi, tuman hokimligining boshqaruv organlari xodimlari va mahalla fuqarolar yig’ini raislari, maktab va kollejlar jamoasi, korxona va tashkilotlar hamda fuqarolar bilan 20 dan ortiq targíbot tadbirlari hamda uchrashuvlar o’tkazildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida Yangi Konstitutsiya va Referendum boy’icha o’tkazilayotgan targ’ibot tadbillarida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Yer resurslari va kadastr fakulteti dekani Sharofiddin Narbayev hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh mutaxassisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo’qorgí Kengashi deputatlari, Qoraqalpoq Davlat universiteti professorlari ishtirok etib, Yangi Konstitutsiyaning zarurati, mazmun va mohiyati to’grisida tushuntirish ishlarini olib bordi va tadbir qatnashchilarini respublikamizda 2023-yil 30-aprel kuni o’tkaziladigan Referendumda faol qatnashishga chorladi.Yangi Konstitutsiya va Referendum boy’icha targ’ibot tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo’ylab davom etadi.
"Yer resurslari va kadastr" fakulteti dekani Sh.Narbayev axboroti
Universitet matbuot xizmati