TIQXMMI yangiliklari

img
08.04.2023

Konstitutsiya millat taqdirida

Bugun Mirzo Ulugbek tumani Olmachi mahallasi hududidagi majlislar zalida  ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan yangilanayotgan O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan 30 aprel kuni utkaziladigan referendumning  mazmun- moxiyati,  siyosiy-tarixiy vazifalari  hamda uning axamiyati ishtirokchilarga tushuntirildi. Targ‘ibot uchrashuvida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining professor-o‘qituvchilaridan N.Yuldasheva ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

U ishtirokchilarga referendumning hayotiy zarurati, uning mamlakatimiz istiqboli uchun   dolzarb  ustuvor vazifalarni yechishga karatilganligi, uning O‘zbekistonda suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekanligini belgilab qo‘yilishi bilan birga,  har bir fuqaro uchun  muhim  jihatlari, ayniqsa, inson huquqlari, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik barqarorlik, tashqi siyosat, davlat hokimiyati organlari va boshqa yo‘nalishlar yuzasidan konstitutsiyaviy me’yorlarning ahamiyati   gapirib o‘tildi. Ishtirokchilar tomonidan sog‘liqni saqlash. ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy himoya masalalari haqida berilgan savollarga javoblar  yangilanayotgan konstitutsiya moddalari misolida tushuntirildi.