TIQXMMI yangiliklari

img
07.04.2023

Konstitutsiya hammamizniki

Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakultetida umumxalq referendumi kun tartibiga kiritilgan “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi targʼibotiga bagʼishlangan “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʼzimizniki!” shiori hamda "Konstitutsiyada Oliy taʼlimga berilgan imkoniyatlar" mavzusida tadbir oʼtkazildi. Noanʼanaviy uslubdagi o'tkazilgan tadbirida istidodli talaba-yoshlarni, faol ishtiroki yanada koʼtarinki ruhda tashkil etildi. Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo'yicha prorektor R.Choriev tadbirni ochib berdi.

O'zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi qoshidagi yuristlar malakasini oshirish markazi, taʼlim jarayoni sifatini uslubiy taʼminlash manitoring qilish va baholash bo'limi boshlig'i Ishonqulov Ilxom Raxmatovich, O'zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi qoshidagi yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri, professor Sevara Marifovalar boshqalar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning Yangi Oʼzbekiston uchun ahamiyati, unga kiritilayotgan qoʼshimcha va oʼzgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada yaxshilash, inson qadrini yuksaltirishga xizmat qilishini oʼz faoliyatlari misolida taʼkidlab, barchani referendumda faol ishtirok etishga chorladi.

Darhaqiqat, 30 aprel kuni boʼlib oʼtadigan referendum mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayoti, xalqimiz uchun tarixiy ahamiyatga ega. Boisi, yangilanayotgan Bosh qomusimiz shu muqaddas zaminda tugʼilib oʼsgan har bir yurtdoshimizga birdek daxldor. Eʼtiborlisi shundaki, yangi tahrirda ishlab chiqilgan Konstitutsiyamizda inson huquqlarini kafolatlashga qaratilgan normalar qariyb uch barobarga oshmoqda. "Yerdan foydalanish" kafedrasi mudiri professor А.Аltev, bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarni tahlil qilarkan, avvalgi yillarda faqat davlat oliygohlari boʼlgani, bugungi kunda esa davlat va xususiy oliy taʼlim muassasasi faoliyat yuritayotgani, oldinlari faqat bitta oliy oʼquv yurtiga hujjat topshirilgan boʼlsa, hozirda bir vaqtning oʼzida beshta oliygoh imtihonida oʼz bilimini sinab koʼrish mumkinligini aytib oʼtdi. Shuningdek, endilikda ayol-qizlarga magistraturada oʼqish uchun davlat tomonidan kontrakt mablagʼlari toʼlab berilayotganligini taʼkidladi.

Ushbu tadbirda Yuridik unversitetidan ham bir necha iqtidorli talabalar kelib, barcha yoshlarga beriladigan imkoniyatlar xaqida targ'ibot qilib, barcha tengdoshlarini ovoz berishlarini referendumiga befarq bo‘lmasliklari to'g'risida gapirib o'tishdi.

Shuningdek, o'tkazilgan tadbir iqtidorli, iste'dodli talaba yoshlarimiz tomonidan tayyorlangan badiiy qism bilan yakunlandi. Ushbu tadbirni tashkil qilgan fakultet jamoasini o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

"Yer resurslari va kadastr" fakultetining Yoshlar bilan ishlash buyicha dekan muovini H.Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati