TIQXMMI yangiliklari

img
06.04.2023

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni qayta ishlash bo‘yicha seminar trening

2023 yil 6-aprel kuni Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (meva-sabzavotlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari uchun Fransiya davlatining “SOFRECO” konsalting kompaniyasining ekpertlari ishtirokida seminar trening tashkil etildi.

“SOFRECO” konsalting kompaniyasi bugungi Yevropa Ittifoqining “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik  texnologiyalari bo‘yicha texnik ko‘mak” loyihasini amalga oshirmoqda.  

Loyihani xalqaro konsultanti Rudjero Malossi “Sabzavotlar va ko‘katlarni innovatsion usulda qayta ishlash texnologiyalarida ichimlik suvining axamiyati va Yevropa Ittifoqining standart talablari” mavzusi taqdimot va mahalliy konsultant Aktam Azizov “Anor mevasini sifat ko‘rsatkichlari va ularni saqlash texnologiyalari” ma’vzusida ma’ruza qildi.

Seminar treningda maxsulotlarni saqlash va qayta ishlashdagi dolzarb muammolarga to‘xtalib o‘tildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. Ma’ruzalar yakunida kafedra va konsalting kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichda davom ettirish hamda ta’lim yo‘nalishi talabalarining amaliyotlar o‘tashi va keyinchalik ishga joylashish masalalari bo‘yicha xam kelishib olindi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti axboroti