TIQXMMI yangiliklari

img
06.04.2023

Intilganga tole yor

"TIQXMMI" MTU psixologi M.K. Muhammedova tomonidan imkoniyati cheklangan talabalar bilan "Ichki kuchlarni ishga tushirish sirlari" mavzusida individual tadbirlar tashkil etildi. Tadbir imkoniyati cheklangan talabalarni ruhiyatini pozitiv notaga sozlash va hayotda o'z o'rnilarini topishlariga motvatsiya berish maqsadida tashkil etildi. Iqtisod fakulteti 1-kurs talabasi Mirfayz bilan o'tkazilgan suhbatda uning kiber sportga qiziqishi kuchli bo'lganligi bois suhbat sport sohasi bilan bog'lab olib borildi. Mirfayz bilan iqtisod fakulteti tyutori M.Vafoyeva hamkorligida «Inson aurasi himoya kuchini tiklash» mavzusida tadbir tashkil etdilgan edi.

Ushbu tadbirda Mirfayz faol qatnashib tengdoshlariga o'rnak bo'lgan edi. Kuzatishlarimizga ko'ra Mirfayz hayotga qiziquvchan, ilmga chanqoq, intiluvchan talabalarimizdan. U o'z vaqtini zoye qilmay o'z ustida ishlab Vatanimiz, oliygohimiz ravnaqiga o'z hissasini qo'shish niyatida. Mirfayzning o'zligini topishdagi izlanishlariga parvozlar tilab, yutuqlarini kutib qolamiz.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati