O'zligimizni kashf etamiz
"TIQXMMI" MTU psixologi M.K. Muhammedova tomonidan imkoniyati cheklangan talabalar bilan "To'siqlarsiz yutuqlarga erishib bo'lmaydi" mavzusida individual tadbirlar tashkil etildi. Mavzu frantsuz faylasufi Volterning dunyoqarashidan kelib chiqqan holda imkoniyati cheklangan talabalarni Tadbir imkoniyati cheklangan talabalarni oilaga tayyorlash va ichki kuchlarni ishga tushirish orqali hayotda yutuqlarga erishish usullarini yuksaltirish, ruhiyatini pozitiv notaga sozlash va hayotda o'z o'rnilarini topishlariga motvatsiya berish maqsadida tashkil etildi. Iqtisod fakulьteti 1-kurs talabasi Gulnoza bilan u oliygohimzga kelganidan beri tanishmiz va u bilan individual suhbatlar olib boramiz. Gulnoza barcha tadbirlarda faol qatnashadigan talabalarimiz safiga kiradi.
Gulnoza ko'p sohalarga qiziqish bilan birgalikda bo'sh vaqtida insonlarning qalbiga ta'sir etuvchi she'rlar yozib turadi. Bundan tashqari Gulnoza qiyinchilik girdobiga tushib qolgan talabalarga ham o'z she'rlari orqali ularning ko'nglini ko'tarish va hayotga bo'lgan intilishlarini oshirishga sa'y-harakat qilib kelayotgan faol talabalarimizdan. Gulnoza bilan individual suhbatlardan tashqari dars jarayonida ham tadbirlar tashkil etilgan. Iqtisod fakulteti tyutori M.Vafoyeva hamkorligida «Olam tiniq ko'zgu va u bizning fikrlarimiz aksi» mavzusida tashkil etilgan tadbirda ham Gulnoza faol qatnashib, o'z fikr mulohazalari bilan barchaning e'tiboriga tushgan edi. GUlnoza barcha talabalarimiz qatori hayotga intiluvchan, boriga shukr qiladigan, serqirra talabalarimizdan. Gulnozaning she'r yozishdagi intilishlariga omadlar tilab u bilan kelajakda ijodiy hamkorlik qilishga kelishib oldik. Gulnoza kelajakda Zulfiyaxonim kabi shoiralarimiz qatoridan joy olishiga tilakdoshmiz.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati