TIQXMMI yangiliklari

img
06.04.2023

Musiqa – xalqlarning umumiy tili

Joriy yilning 5 aprel kuni "TIQXMMI" MTU psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova boshchiligida Xor guruhi a'zolari Chet el fuqarolarini o'qitish bo'limi katta o'qituvchisi M.A.Gubayeva taklifiga muvofiq bo'limda uyushtirilgan Navro'z bayrami tadbirida o'z dasturlari bilan ishtirok etishdi.

Tadbirda Amerikalik oila, Xitoylik, Koreyalik talabalar va Uspenskiy maktabidan tashrif buyurishgan o'quvchi bolalar o'z chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Dasturda ishtirok etgan qatnashchilarning bir-birlarini oson tushuna olishlaridan musiqa xalqlarning qalblarini birlashtiruvchi vosita ekaniga yana bir bor amin bo'ldik. Amerikalik oilaning o'zbek xalq “Qoshingni qaro deydilar” laparini kuylashi barchani lol qoldirdi.

Mehmonlarning olqishlaridan Xor jamoasi ijrosidagi “Hayyor-yor”, “Xalq termalaridan popurri”, “Qaraqalpag'im” qo'shiqlari; “Andijon polkasi”, “Bahor” raqslari barchaga birdek manzur bo'lganini angladik. Olqishlardan ruhlangan guruh a'zolari keyingi kontsert dasturlari uchun munosib repertuar tanlash va ishlashni o'z oldilariga reja qilib, maqsad sari ildam odimlashni boshlab yuborishdi. Guruh a'zolariga kuch-quvvat, g'ayrat, shijoat va omadlar tilab qolamiz.  

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati