TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2023

Toza nutq - andozali nutq

Joriy yilning 4-aprel kuni Seshanba kuni kechki soat 20:00 da navbatdagi "Notiqlik sanʼati" oʻquv mashgʻuloti online tarzda boʻlib oʻtdi. Ustoz Rahimboy Jumaniyozov Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida bu galgi dars ham "Zoom" platformasi orqali online boʻlib oʻtdi. Tinglovchilar uy vazifasini gibrid shaklida topshirishdi. Ular mantiqsiz va mantiqiy gaplar tuzishdi hamda jamoa bilan birgalikda tahlil qilib xato va kamchiliklar toʻgʻrilandi. Soʻngra yangi mavzu "Nutqning tozaligi" boʻldi. Ustoz Rahimboy Jumaniyozov taʼbiri bilan aytganda: "Qanday minbarda nutq iroda etishdan qat'i nazar, oʻsha tilning sofligi,boyligi boshlovchi nutqida aks etadi. Bir tilga xos xususiyatlari yoki soʻzlarni ikkinchi tilga qoʻshib soʻzlash yoki adabiy til meʼyorlariga mone boʻlmagan so‘z va iboralarni qoʻllash nutqning tozaligiga zid. Demak, nutqning tozaligi, yaʼni sofligi uning adabiy ril mezonlariga mos kelish-kelmasligi, gʻayriadabiy til unsurlaridan xoli boʻlishidir".

Notiqlik sanʼati tinglovchilari albatta, bunga amal qilgan holda nutqda buni qoʻllashadi. Garchi darslar online oʻtgan boʻlsa ham bu darsning sifatiga aslo taʼsir qilmadi. Quvonarlisi shundaki, qiziquvchan talabalar ham bu galgi darsda ishtirok etishdi. Mavzuning mazmun - mohiyati tushuntirilgandan soʻng tinglovchilarga vazifalar topshirildi. Ustoz Rahimboy Jumaniyozovning viloyatlarga boʻlgan amaliy tashrifi yakunlanib, Toshkent shahriga qaytishlari munosabati bilan keyingi darslar anʼanaviy shaklda davom etadi. Kelajagiga befarq boʻlmagan talabalarni darslarga taklif qilib qolamiz.

"Energetika" fakulteti talabasi Shukurullayev Toshpoʻlat axboroti

Universitet matbuot xizmati