Burchdorlik va daxldorlik tuyg‘usi bilan
"Gigdromelioratsiya" fakultetida 2023 - yilning 4 - aprel kuni Konistitutsiya SENIKII, MENIKI, BIZNIKI, O'ZIMIZNIKI mavzusida "Lashkarbegi" mahalla fuqarolar yig'ini faollari, jumladan: O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan ma'daniyat xodimi, mehnat faxriysi, shoira, shurnalist Abdusamatova Muqaddas Samixovna, Toshkent aftomobillar yo'llari institutu dotsenti Xusan Valijonov va "Lashkarbegi" mahalla fuqarolar yig'ini Keksalar va nuroniylar Kengashi raisi Rasuli Zulfiya Masharipovna hamda fakultet yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosari, tyutorlari, faol talabalari ishtirokida davra suhbati o'tdi. So'zga fakultet yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosari B.To'ychiyev chiqib, davra suhbati ishtirokchilarini mehmonlar bilan tanishtirdi va Yangilanayotgan O'zbekistonning Yangilangan Konistitutsiyasi bo'lishiga oz muddat qolganligini, shu bois barchamiz kelajagimiz uchun befarq bo'lmagan holda 2023 yilning 30 aprel kuni "REFERENDUM"ga qatnashishimiz lozimligini ta'kidlab, so'zni shoira, jurnalist Abdusamatova Muqaddas Samixovnaga berdi.
U kishi o'z so'zida barchaga maʼlumki, Konstitutsiya davlatimizning asosiy qonunidir, – dedi u. Davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beribgina qolmay, xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasidir. Bundan bir yil muqaddam, xalq muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Konstitutsiyaviy komissiyaga 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushdi. Muhimi, Komissiya aʼzolari tomonidan ushbu taklif va munosabatlar, fikr va mulohazalar o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Eski tahrirdagi Konstitutsiya 128 ta moddadan tarkib topgan bo‘lsa, yangi tahrirdagi, o‘zgartirilgan va qo‘shimcha kiritilgan Konstitutsiya 155 ta moddadan iborat. Mamlakat rivoji, ertangi kuni, muxtasar qilib aytganda aholini haq-huquqlari, millat hayotining davomiyligini taʼminlashga qaratilgan milliy strategiyamiz o‘z ifodasini topgan.
Misol uchun, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 48-moddasi “Har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash choralarini ko‘radi. Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi” degan mazmundagi hayotiy norma bilan mustahkamlab qo‘yildi deb ta'kidladi.
Universitet matbuot xizmati