TIQXMMI yangiliklari

img
03.04.2023

“Quyosh-shamol” mobil elektr stansiyasi va elektr traktorining tajriba namunasi

2023-yilning 30-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukus yoshlar texnoparkini borib ko’rdi. U yerda  yosh olimlar tomonidan yaratilgan ishlanmalar bilan tanishdi. Bunday istiqbolli ishlanmalar qatorida universitetimizning “Elektrtexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi dotsenti, t.f.d A.Boqiyev boshchiligida yaratilgan “Quyosh-shamol” mobil elektr stansiyasi va 0,4 klass elektr traktorining tajriba namunasi ham taqdim etildi.

Ta’kidlash joizki, ushbu innovatsion ishlammaning dastlabki eksprementlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumanida o’tkazilgan va shu hudud uchun parametrlari asoslangan. Erishilgan natijalar tegishli idoralarning  dalolatnomalari bilan asoslangan. Yakunda Prezidentimiz ushbu ishlanmalarni qisqa fursatlarda amaliyotga joriy etish maqsadida ularni moddiy qo'llab quvvatlashga ko’rsatma berdilar.

Universitet matbuot xizmati