TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2023

Ta’lim va amaliyot integratsiyasi

2023 yil 1 aprel  kuni “TIQXMMI” MTU  “Iqtisodiyot” fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari hamda “Yosh bankirlar” klubi a'zolari uchun B-bino 109-o‘quv auditoriyasida Turon bank ATBning navbatdagi seminar bo’lib o’tdi. Seminarni “Iqtisodiyot” fakulteti dekani R.Xakimov ochib berdi. Turon bank ATB bank apparati rahbari Xamrayev Sherzod Mavlonovich “M&A (Mergers and Acquisitions) Birlashish va qo'shib olish” mavzusida taqdimot qildi.

Ma'ruzachi tomonidan  taqdimot davomida M&A tushunchasi qanday tushuncha ekanligi, korxona (kompaniya)larni birlashtirish va qo'shib olishning  baholash usullari, birlashib ketish turlarini misollar bilan tushuntirib berildi, “M&A-Birlashish va qo’shib olish faoliyati” global hodisa hisoblanishi, AQShda M&A mutaxassisining ish xaqi bo'yicha alohida to'xtaldi. Shuningdek, Birlashish va qo'shib olishda baholash usullarini Rossiya Federatsiyasi misolida tushuntirildi. Talabalar uchun  mavzu bo'yicha manfaatli ma'lumotlar va qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Iqtisodiyot” fakulteti tyutori M.Vafoyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati