TIQXMMI yangiliklari

img
01.04.2023

Yurtimiz kelajagiga befarq emasmiz”

Universitet Xotin qizlar kengashi va “Ekologiya va huquq” fakul`tetida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.   Tadbirda Xotin- qizlar kengashi a'zolari, fakul`tet o‘qituvchilari va talaba qizlar ishtirok etdilar.  Unda so‘zga chiqqan yuridik fanlar nomzodi dotsent X.Nazarov amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri ta'lim sohasi ekanligi, zero jamiyatni inson, insonni esa ta'lim o‘zgartiradi.

So‘nggi yillarda oliy ta'lim tizimi tubdan isloh etilmoqda. Bu sohadagi islohotlarning asosiy maqsadi jamiyatdagi yoshlarning bunyodkorlik potentsialini oshirish, mustaqil hayotda muvaffaqiyatga erishishga imkonini kengaytirishdan iborat ekanligi xaqida gapirdi.  So‘zga chiqqan Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti X.Botirova Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ayollarga jamiyat va davlat boshqaruvi va boshqa sohalarda teng huquq va imkoniyatlar ta'minlanishi belgilanmoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya teng huquqlilik qoidasini kiritilishi natijasida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida, shu jumladan qarorlar qabul qilishdagi xotin-qizlarning erakaklar bilan teng ishtirokini ta'minlashga imkon yaratilishi xaqida to‘xtaldi.

“Ekologiya va huquq”  fakul`teti xotin qizlar kengash raisi B.Mamadaminova ham so‘zga chiqib, yangilanayotgan Konstitutsiyaning muhim jihatlari haqida gapirib, Konstitutsiya aholining barcha qatlamiga birdek tegishli bo‘lib, bir qator bo‘shliqlar to‘ldirilayotganiga misollar keltirib o`tdi. Talaba qizlar konstituttsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha o‘zlari qiziqtirgan savollariga ham javoblar oldilar. Tadbir juda ham mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar barchani  2023 yil 30 aprelda o‘tkaziladigan referendumga befarq bo‘lmaslikka va faol ishtirok etishga chaqirdi.