Maktab bilan hamkorlik taraqqiyotga poydevor
"Gidravlika va gidroinformatika" kafedrasi professor-o’qituvchilari Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi 13 - umumta’lim maktabi bilan o’zaro har tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlab kelmoqda. Maktablarda bo’lgan uchrashuvlar ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va sifatini oshirish, o’quvchi-yoshlarning o’z iste’dodini to’liq namoyon etishlariga har tomonlama ko’maklashmoqda. Bu galgi tashrif doirasida, maktabdagi bitiruvchilarni universitetimizga va boshqa oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishlariga qiziqtirish va kasbga o’rgatish, ikkinchi tomondan, quyi sinflarda tahsil olayotgan o’quvchilarni qiziqishlariga qarab kasb-hunar, san’at turlariga yo’naltirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarishga qaratildi. Uchrashuvda 13-maktab direktori Bahora Haitova boshchiligida 10-11 sinflarning 50 dan ortiq o’quvchi yoshlari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbati davomida o’quvchi yoshlarga Universiteimiz haqida to’liq ma’lumot berildi va video rolik namoyish etildi. Uchrashuv davomida o’quvchi-yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga kafedra-professor o’quvchilari javob berib o’tishdi. Davra suhbati yakunida o’quvchi-yoshlarga respublikamizdagi katta siyosiy jarayon O’zbekistonda yangilanayotgan Konstitutsiya bo’yicha xalq saylovi referendum 30 aprel kuni bo’lib o’tishi bo’yicha aytib o’tilib, undagi ta’lim to’g’risidagi moddalar bo’yicha tushuntirishlar berildi. Kafedra tomonidan maktab kutubxona fondiga badiiy va ilmiy adabiyotlar taqdim etildi. Maktablar bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish va ularning rivojlanishiga hissa qo’shish Universitetimiz ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Oliy ta’lim muassasasi va maktablar o’rtasida yo’lga qo’yilgan bunday hamkorlik yaqin kelajakda o’z mevasini berishiga ishonamiz.
Universitet matbuot xizmati