TIQXMMI yangiliklari

img
31.03.2023

Konstitutsiya-kelajak poydevori

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”- Milliy tadqiqot Universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutorlari G. Axmedjanova, Z. Tursunova, D. Axrarova, U.Usmanovlar tashabbusi bilan 30 mart 2023 yilda “Konstitutsiya – kelajagimiz baxtimiz qomusidir” mavzusida 1 va 2 bosqich talabalari o‘rtasida seminar-trening tashkil qilindi.

Seminar- treningda O‘zbekiston XDP Mirzo Ulug‘bek tumani kengash raisi Qurbonova Shaxzoda Nashpanovna, hamda “Gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xakimova Maxruya Abdulxayovnalar ishtirok etishib, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasining  yangi tahrirdagi konstitutsiyasi ijtimoiy adolat, erkinlik va tenglik tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq ekanligi, inson va davlatning huquqiy holatini belgilashda inson huquqlari ustuvorligi, davlat bilan fuqaroning o‘zaro siyosiy-huquqiy mas'ulligi prinsiplariga asoslanuvchi tamoyillar yangi konsepsiyaga tayangan bo‘lib, unda ilk bor inson huquqlari kategoriyasi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yilganli haqida, shu o‘rinda yangilanayotgan konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligini batafsil master klass shaklida talabalarga sof  va sodda tilda tushuntirib berildi. Talabalar bu o‘tkazilgan seminar treningdan o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.   

“Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti

Universitet matbuot xizmati