Pedagogik texnologiyalarning takomillashuvi
Pedagogik ta’lim klasteri ta’lim sub’ektlarining salohiyatidan unumli foydalanish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, o‘zaro nazorat tamoyiliga asosan ish yuritishni nazarda tutadi. Mazkur zarurat asosida esa ta’limda sog‘lom raqobatbardoshlikni amalga oshirish mexanizmini yaratish maqsadi turadi. Bu esa zamonaviy ta’limda innovatsiya jarayonlari xarakterlanib yangiliklar xususiyatlari, o‘qituvchilarni kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuslari va ishtirokchilarning innovatsion faoliyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. Innovatsion faoliyatda eng muxim masalalardan biri o‘qituvchi ishidir. Professional ta’lim kafedrasi mudiri, dotsent Durdona Mustafoyeva yuqoridagi masalalar va muammolar doirasida professor, pedagogika fanlari doktori Z.K.Ismailova raxbarligida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari) ixtisosligi boʽyicha “Klassterli yondashuv asosida o‘qituvchilarni tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi yuzasidan Toshkent davlat agrar universitetida tajriba – sinov ishlarini olib bormoqda. Tajriba-sinov ishlari davomida tadqiqotchi universitetning 60112400 -Professional ta’lim (O‘rmonchilik), 60112400-Professional ta’lim (60811300-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha), 60711400 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida), 60810400 -Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash kabi yo‘nalish talabalari bilan anketa so‘rovnomalari hamda qisqa muddatli maxsus kurs doirasida ishlar olib bormoqda. Tadqiqotchiga o‘z izlanishlarida omad tilab qolamiz.