TIQXMMI yangiliklari

img
28.03.2023

Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!

Joriy yilning 27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish maqsadida qo‘shimcha 27 ta modda bilan boyitilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu qonunlarning barchasi inson qadri va mafaatlarini ulug‘lashga qaratilganligi bilan e’tiborlidir. Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni  har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida kuni kecha Samarqand tumani boshqarmasida Respublika “Oqila ayollar” harakati hamda  Samarqand  tuman hokimligida  mazkur tizim mutasaddilari tomonidan  tumandagi barcha “Oqila ayollar” harakati a’zolari, tuman mahallalaridagi xotin - qizlar faollar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchilari, “Buvijonlar” maktablari, tadbirkor ayollar va boshqa tizimlar mutasaddilari ishtirokida  milliy tadqiqot universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Ismailova Zuxra Karabaevna  tomonidan “Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘tkaziladigan referendum jarayonlarida xalq, mamlakat taqdiriga daxldorlik nuqtai nazaridan faol ishtirok etish lozimligini ta’kidlandi. Shundan so‘ng, barcha ishtirokchilar sohaga oid trening mashg‘ulotlari va davra suhbati tashkil etildi.

                  Universitet Matbuot xizmati