TIQXMMI yangiliklari

img
27.03.2023

Yuksak parvozlarga intilish pallasi

“TIQXMMI” MTU psixologi va xor guruhi rahbari M.K. Muhammedova boshchiligida Xor jamoasi 2020 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Jamoa san'atga qiziquvchi talaba yoshlarda vokal ijrochilik ko'nikmasini shakllantirish va mahoratlarini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan. Hozirda jamoada GTS, YeRB, GM, Iqtisod fakultetlari talabalari o'z ijrochilik mahoratlarini oshirib, universitet miqyosida o'tkazilayotgan tadbirlarda qatnashib, olqishlarga sazovor bo'lib kelishmoqda. Talabalarni kuylash orqali, qalblarida Ona Vatanga, Oilaga va Оliygohga bo'lgan samimiyatni uyg'otish va sadoqatli bo'lish hissiyotlarini kuchaytirishni reja qilib tuzilgan jamoa ilk mevalarini berayotganidan bag'oyat mamnunmiz.

Jamoa ilk qadamlarini “TIQXMMI” MTU uchun alohida bag'ishlab yozilgan “Oliygoh madhi” gimni orqali boshlagan edi. Hozirda jamoa repertuarida O'zbek xalq ijodiga mansub bo'lgan va turli tillarda kuylangan qo'shiqlar mavjud. Kelajakda jamoa o'z oldiga alohida bayramlar uchun, Buyuk ustozlar uchun atalgan kuy va qo'shiqlar bastalab ijro etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Xor jamoasi hozirgi davrda avj pallada ishlab o'z faoliyatini olib borib, o'z muxlislariga ega bo'lib bormoqda.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati