TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti QS World University Rankings by Subject 2023 natijalariga asosan, 3ta fan sohasi bo‘yicha TOP 500 talikda.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti QS xalqaro reyting agayentligi tomonidan 2023-yil uchun e’lon qilingan “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings 2023) ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston OTMlari orasida ilk bor birato‘la 3 ta fan sohasi bo‘yicha dunyo universitetlarining TOP-500 lik ro'yxatida e’tirof etildi, shundan 2 tasi yirik fanlar sohalari va 1 ta ixtisoslashgan fan bo‘yicha yuqori natija qayd etdi.
Mazkur QS xalqaro reyting natijalariga asosan, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti 5 yirik fanlar sohasi va 54 ta fan bo‘yicha dunyoning jami 1597 ta universitetlari orasida fan sohalari (Broad Subjects) bo‘yicha:
- Muxandislik va Texnologiya (Engineering and Technology) – 60.9% ko‘rsatkich bilan 451-500 o‘rin;
- Tabiiy fanlar (Natural Sciences) – 58.0% ko‘rsatkich bilan 501-520 o‘rinni egalladi.
Tabiiy fanlar (Natural Sciences) fan sohasiga tegishli ixtisoslashgan fan yo‘nalishi (Narrow Subjects) bo‘yicha:
- Atrof muhit muhofazasi fanni (Environmental Science) bo‘yicha 66.2% ko‘rsatkich bilan 351-400 o‘rinni egalladi.
Mazkur reyting natijalari quyidagi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha baholangan:
- Akademik reputatsiya (Academic Reputation);
- Ish beruvchi reputatsiya (Employer Reputation);
- Har bir maqola uchun ixtiboslik (Citations Per Paper)
- H-indeksi (H-Index);
- Xalqaro tadqiqotlar tarmog‘i (International Research Network)