TIQXMMI yangiliklari

img
17.03.2023

Sirdaryo viloyatidagi qurilishlarga tashrif

2023 - yil 16 - mart kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Agrover” klasterida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan 22 mart –“Butunjahon suv resurslar kuni” munosabati bilan “Suv resurslari va ulardan oqilona foydalanishdagi ustuvor vazifalar” mavzusidagi seminarda “TIQXMMI” MTUning “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professori q.x.f.d., S.X.Isayev va tayanch doktorant E.N.Malikovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Seminarda “Agrover” klasteri dala yer maydonlarida ekinlarni sug‘orish uchun suv tejamkor sug‘orish texnologiyalaridan Isroil Respublikasidan keltirilgan yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llab kelayotgani va bugungi kunga kelib   ekinlardan yuqori hosil olish bilan birga sezilarli darajada suv va o‘g‘itlarni tejayotgani hamda suv tejamkor texnologiyalardan foydalanib bir maydondan ikki marta hosil yetishtirayotgani borasida suhbatlar bo‘lib o‘tdi.

Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi

Universitet matbuot xizmati