TIQXMMI yangiliklari

img
17.03.2023

Maktab bilan hamnafas

2023 - yil 15-martda «Yer resurslarini boshqarish» kafedrasi professor-o’qituvchilari A.Babajanov , Z.Xafizova va Yu.Usmonovlar Toshkent viloyati Piskent tumanidagi  37 - sonli maktabga tashrif buyurishdi. Davlatimiz rahbarining 2021-yil 6-noyabrdagi “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi farmoni ta'lim sohasidagi keng ko’lamli islohotlarni yangi bosqichga ko’tardi. Ushbu hujjat, ayniqsa, maktab va oliy ta'lim muassasalari hamkorligini rivojlantirish, ular o’rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda umumta'lim maktablarida o’quvchilarga berilayotgan ta'lim-tarbiya, pedagoglarga bo’lgan hurmat va e'tibor tobora  yuksalib bormoqda. Ustoz-murabbiylarning jamiyatdagi o’rnini mustahkamlash, iste'dodli o’quvchilarni kashf etish, ularni o’zlari qiziqqan hamda orzu qilgan kasbga yo’naltirish ta'lim sohasining muhim vazifasiga aylandi.

Dotsent A.Babajanov maktab o’quvchilariga hozirgi kunda yaratilgan shart-sharoitlar va ularni kasbga yo’naltirish bo’yicha maslahatlar berib o’tdi. Shu bilan birga maktab o’qituvchi va o’quvchilarini yaqinlashib kelayotgan “Navro‘z” ayyomi bilan tabrikladilar.

"Yer resurslarini boshqarish" kafedrasining katta o’qituvchisi  Z.Xafizova  axboroti

Universitet matbuot xizmati