TIQXMMI yangiliklari

img
16.03.2023

Zaldagi amaliyot

Notiqlik san’ati bo’yicha navbatdagi amaliy mashg’ulotimiz "Muqimiy" nomli O’zbek  Davlat musiqali drama teatrida bo’ldi hisobi. Sababi 1963-yilda tashkil topgan Chilonzor tumanining 60 yilligiga bag’ishlangan  "Chilonzor- poytaxt qalbi" nomli  yubiley tadbirida ishtirok etdik. Tadbir davomida so’zga chiqqanlarni nutqi va so’zlash manerasini kezatisg yutuq va yutuqlarini qayd etib borish ustoz tomonidan bizga yuklangandi. Tuman hokimining nutqidan so’ng hujjatli film namoyish etildi. Filmda  Boris Golender, Yuriy Miroshnikov,Rustam Kalonov, Kozim To'laganov, Rano Nosirova va Husniddin Mahkamov  va boshqalar Chilonzor hududi haqida qimmatli va unutilmas  voqealarni so'zlab berdi. Hozirgi kunda uch ming gektarni tashkil etayotgan Chilonzor avvallari dasht va chakalakzor bolib, hatto, turon yo'lbarslari yashagani haqida ma'lumotga ega bo'ldik va nutqlarini tahliliy nazardan o’tkazib bordik.

Poytaxtimiz markazida joylashgan "Xalqlar do'stligi"san'at saroyi ham do'stlik ramzi sifatida qurilgani buning bir namunasidir. Shuni ko'rishimiz mumkinki, hozirgi kunda Chilonzor nafaqat poytaxtimiz qalbi balki, yutimizning mashhur va o'z orniga ega bolgan tumanidan hisoblanadi. Hozirgi kunlarda ko’plab xalqaro va ijtimoiy mohiyatga ega bo’lgan ob’yektlar, ta’lim va tomoshagoh obyektlar aynan shu tumanda joylashganligi e’tiborga molik. Aytish joizki, 271 ming aholidan iborat ushbu tumanda poytaxtimizning ko'zga koringan oliygohlari, madaniyat va istirohat boglari, sport majmualari, shifoxonalar va tadbirkorlik markazlari va boshqa binolar  bilan to'la.

Tadbir yakunida ziyolilar, shoirlar, davlat arboblari va barcha qatnashchilar Chilonzorda tumanida faoliyat yuritayotganidan, aytayotganidan va yashayotganidan faxr tuyg'usini bildirdilar. Xalqimizning hushovoz va mehnatkash xonandalari ko'ngilochar tadbirga o'z hissalarini qoshdilar va tomoshabinlar raqsga tushib hordiq chiqarishdi.

Biz esa “Notiqlik mahorati” kursi tinglovchilari so’zga chiqqanlarning nutqlari tahlilini keyingi mashg’ulotda amalga oshiramiz.

 “Iqtisodiyot" fakulteti "Iqtisodiyot "yo'nalishi talabasi Zilola Pardayeva axboroti

Universitet matbuot xizmati