TIQXMMI yangiliklari

img
12.03.2023

Adabiy tortishuv

“Ekologiya va huquq” fakulteti  “O’qitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari rahbarligi ostida “Filologiya va tillarni o’qitish” ta’lim yo'nalishi talabalari o’rtasida “Uzbek literature and performance in English” (O’zbek adabiyoti va spektakli ingliz tili talqinida) mavzusida adabiy bellashuv kechasi tashkil qilindi. 

Ushbu adabiy kechada o’zbek shoh asarlari  talabalar tomonidan ingliz tilida  namoyish etildi. Qizg’in olib borilgan ushbu bellashuvda eng yaxshi sahna asarlari va lirik chekinish bobida ijro etilgan qo’shiq hamda monologlar hakamlar tomonidan baholanib borildi.

Tadbir so’ngida eng  yaxshi natija ko’rsatgan guruhlar 1-2-3 o’rinlar asosida turli sovg’alar bilan taqdirlandilar. 1-o’rinni 116-guruh, 2-o’rinni 115 A-guruh, 3-o’rinni 115-guruh qo’lga kiritdilar.

Universitet matbuot xizmati