TIQXMMI yangiliklari

img
11.03.2023

Britaniya Kengashi tomonidan tashkil qilingan xalqaro konferensiya

     Ma’lumki, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan oliy ta’lim sohasida bir qator halqaro loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Shu loyihalar doirasida joriy yilning 10-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “New Directions Series in English Language Assessment” mavzusida  halqaro konferensiya tashkil qilindi. Mazkur konferensiya mamlakatimizda ikkinchi marta tashkil qilinayotgan bo‘lib, uni o‘tkazishdan asosiy maqsad respublikada ingliz tili ko’nikmalarini rivojlantirish orqali sifatli o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, konferensiya davomida oliy ta’lim sohasi vakillari hamda ishtirokchilarga tillarni o‘qitish va bilimlarni baholash bo‘yicha milliy va xalqaro darajalarda tajriba almashishlari uchun sharoit yaratish, shuningdek, ularni sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarga yechim topish va takliflar bildirishga rag‘batlantirishdan iborat.

       Ushbu konferentsiyada mamlakatimizdan oliy ta’lim muassasalari vakillari va jamoalari hamda Buyuk Britaniyadan Professor Barry O'Sullivan,Gemma Bellhouse, Aidan Holland soha mutaxassislari qatnashishdi. Mazkur konferensiya O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishda bilimlarni baholash kabi yo‘nalishlarni rivojlantirishga qaratilganini inobatga olib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Britaniya Kengashi tomonidan taklif qilingan  44 ta OTMning 250 ta  vakillari ishtirokida bo’lib o’tdi.