TIQXMMI yangiliklari

img
12.11.2021

Ilmiy izlanishlar va ilmiy ishlarning ishlab chiqarishdagi o’rni

O'zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, shuningdek, asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash maqsadida:  “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi bir guruh professor-o‘qituvchilari Jizzax viloyatiga “Suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarida avtomatik boshqarish tizimini joriy qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” (Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi misolida) nomli ilmiy loyihani amalga oshirish uchun tadqiqotlar o’tkazildi.

Oʻtkazilgan tadqiqotlar va olingan birlamchi natijalar, asosida interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya usulidan foydalanib kerakli qiymatlar va natijalar oldindi va nasos stansiyasi pasportida keltirilgan maʼlumotlar bilan 0.5-1 % ga farq qildi. DGNS-1 va Xovos nasos stansiyasida olib borgan tadqiqotga asosan quvurlardagi bosimlar oʻlchandi. DGNS-1 da aniq natijalar olindi va olingan natijalarni tahlil qilindi.

TIQXMMI matbuot xizmati