TIQXMMI yangiliklari

img
10.03.2023

Kim qanday tabriklaydi?

Bugun 2023-yilning 7-mart kuni har doimgi kabi "Notiqlik mahorati" oʻquv kursi roppa-rosa soat 13:35 da boshlandi. "Notiqlik mahorati" oʻquv kursi talabalarni bahorgi oraliq imtihonlari bilan band boʻlishiga qaramay, nutq sanʼatiga qiziquvchi talabalarning muayyan qismi mashgʻulotlarda ishtirok etishdi. Dars boshlanishidan oldin talaba yigitlar talaba qizlarni 8-mart ayyomi bilan tabriklashdi. Bunda Sardorbek va Toshpoʻlatlae bir-birini takrorlamagan holda oʻz dil izhorlarini bildirishdi. Tabrikning qay darajada ta’sirli chiqqani ularning yuz-ko’zlaridan bilinib turdi. Talaba qizlar nigohlarida Bahor faslining, bayramning shukuhi aks etib turar edi. Darhaqiqat, bu fasl yosharish faslidir. Ayniqsa, Ona-tabiat insonning bahri dilini ochadi, kayfiyatini koʻtaradi. Dars jarayoni esa har doimgidek qiziqarli, taassurotlarga boy tarzda boʻlib oʻtdi. Darsda ustoz Rahimboy Jumaniyozov talabalarga "Notiq vaziyatlardan qanday chiqib ketishi kerak?" degan savolni oʻrtaga qoʻydilar. Har bir talaba oʻz fikrini bayon qildi. Ustoz esa qoʻshimcha qilgan holda "Boshlash mumkin, bogʻlash mushkul. Mantiqan bogʻlash sanʼati Notiqlik asosidir. Har bir notiq bogʻlash sanʼatini bilsa u har doim vaziyatdan chiqib keta oladi" - deya fikrlarini bildirdilar. Talabalar bu maslahatlarni oʻzlari uchun "Dastur ul amal" qilib olishgan boʻlsa ajab emas. Jonkuyar ustozimiz va talabalarga minnatdorchilik bildirgan holda yana qiziquvchi talabalarni darsga taklif qilib qolamiz.

“Energetika” fakulteti 1-bosqich talabasi Shukurullayev Toshpoʻlat axboroti

Universitet matbuot xizmati