Bayram bilan qutlandilar
Jamiyatdagi barcha ayollar oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko'rkidir. Ular bilan borliq go'zal, maftunkor, yashash mazmunli, xonadonlar obod va nurafshondir. Xotin-qizlari e'zozlangan, qadrlangan yurtning esa buguni va ertasi farovon. Zero, ayol mehnati bilan jamiyat to'laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi desam adashmayman. Bugun bizning "Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot Universitetida ham jamoa ayollarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Universitet "Ma'naviyat va ma'rifat" bo'limi xodimlari, fakultet ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosarlari, Talabalar turar joyi direksiyasi rahbariyati va fakultet tyutorlari tomonidan qilingan e'tibordan barcha ayollar shod, xurram. Bildirilgan samimiy tilaklar va ayollar sha'niga aytilgan maqtovlar uchun barcha tashkilotchilarga tashakkur izhor etamiz.
Tyutor Zilola Nuraliyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati