Dolzarb mavzudagi seminar
Joriy yilning 4 mart kuni TIQXMMI Milliy tadqiqotlar universiteti B-bino 109-auditoriyasi - Turon bank xonasida “Islom bankchiligining an'anaviy bankchilikdan farqli jihatlari” mavzusida navbatdagi seminar bo'lib o'tdi. Seminarda “Iqtisodiyot” fakulteti professor-o'qituvchilari, talabalari va Turon bank ATB Chakana biznes departamenti direktori R.X.Maxmudov o'z taqdimoti bilan ishtirok etdi. Tadbirni “Iqtisodiyot” fakulteti dekani R.Xakimov ochib berdi, u kirish so'zida Turon bank ATB mutaxassislari tomonidan haftaning har shanba kunlari turli mavzularda ochiq muloqotlar o'tkazib kelinayotganligi uchun bank ma'muriyatiga o'z minnatdorchilini bildirdi.
Turon bank ATB Chakana biznes departamenti direktori .X.Maxmudovning taqdimotida Islom moliyasining kelib chiqishi, uni tadbiq qilish halollikka, boyliklarni teng taqsimlashga va ijtimoiy adolatga asoslangan baorqaror jamiyat shakllanishga yordam berishi haqida misollar bilan tushuntirdi. Shuningdek, Islom moliyasining an'anaviy bankchilikdan farqli jihatlari, Islom moliyasida taqiqlangan faoliyat turlari, shartnomalar, ijara, an'anaviy lizing va islomiy lizingning farqlari, an'anaviy omonat va islomiy omonat farqlari bo'yicha aniq ma'lumotlar asosida tahlil qilib berdi. Berilgan ma'lumotlardan kelib chiqib, talabalar ko'plab savollarga javoblar olishdi, ayniqsa, fakultetda ta'lim oluvchi “Turon bank” ATBning stipendiasi sovrindorlari o'z fikr va takliflari bilan ishtirok etishdi. Bugungi 2 soat davom etgan ushbu seminar bahs –munozaraga boy, juda qiziqarli bo'lib o'tdi.
Iqtisodiyot fakulteti tyutori M.Vafoyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati