TIQXMMI yangiliklari

img
03.03.2023

O‘zbekiston–Buyuk Britaniya ta’lim forumi 2023

Joriy yilning  2-3 mart  sanasida Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti (TXVU)da  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekistondagi Britaniya kengashi va Londondagi Vestminster universiteti xamkorligida O‘zbekiston–Buyuk Britaniya ta’lim forumi 2023 tashkil etildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati, Janobi Oliylari Tim Torlot, Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchisi, Denise Waddington, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi direktori, Bakhrom Mirkasimov, TXVU rektori,Professor Alex Hughes, Londondagi Vestminster universitetining Xalqaro aloqalar va bandlik ishlari bo’yicha prorektori,Oliy Ta’lim Muassasalari professorlari  Dr Stephen Doughty (De Montfort universiteti), Stuart Bannerman (London South Bank Universiteti ),Joe Hall (Portsmouth Universiteti),Stephen Wallis(Londondagi Vestminster universiteti), Steve King(Cambridge University Press & Assessment, ChangeSchool),Jacqueline Douglas, Norwich Institute for Language Education), Kate McAlister(Quality Stakeholder Management) Transmilliy ta’lim rahbari, Talabalar bilan ishlash bo’limi,Joana Westphal( UUKi), Transmilliy ta’lim bo’lim boshlig’i, Mark Crossey (UUKi) siyosat va global hamkorlik  bo’yicha direktor yordamchisi, Prof Alex Hughes, (Londondagi Vestminster Universiteti), Xalqaro aloqalar va bandlik ishlar bo’yicha prorektor, Caroline Lloyd, Londondagi Vestminster Universiteti, Talabalar va akademik xizmatlar direktori,Kongratboy Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori va bir qator O’zbekistondagi Oliy Ta’lim Muassasalari vakillari qatshashishdi.

Ushbu O’zbekiston-Buyuk Britaniya xalqaro forumdan ko’zlangan maqsad Transmilliy ta’lim bo’yicha bir qator hamkor tashkilotlarga tajriba almashishga zamin yaratish, oliy ta’limda boshqaruv madaniyatini shakllantirish, kredit modul tizimini samarali tadbiq qilishdagi kamchiliklar va tavsiyalar, shuningdek, ta’limda ichki va tashqi sifat samaradorligini oshirish boyicha ikki tomonlama munosabatlarni mustaxkamlab, istiqboldagi rejalarni aniqlab olishga qaratildi. Forum o’z ishini ertaga 3 - mart sanasida davom ettiradi.