TIQXMMI yangiliklari

img
02.03.2023

O‘zbekistonda elektrofishing va telemetriya usullarini ilmiy tadqiqotlarda qo‘llash tajribasi va istiqbollariga bag‘ishlangan seminar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi 2021 yil 10 dekabridagi PQ-44-son Qarori ko‘rsatmalariga amal qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining 2021-yildagi "Markaziy Osiyoda kichik miqyosdagi barqaror gidroenergetika" mavzusidagi YeI Horizon 2020 №101022905-sonli ilmiy grant doirasida 2021-yil iyul oyidan 2025-yil dekabr oyigacha Respublikamizning turli hududlaridagi kichik daryolar va soylar ekologik holatiga kichik ko'lamdagi GES qurilishining ta’sirini o'rganish maqsadida dala ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan Koksu daryosida o'tkazilgan “elektrofishing” va “telemetriya” tadqiqotlari natijalariga bag'ishlangan 2-seminari Vazirlik huzuridagi “Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari” ilmiy-tadqiqot institutida joriy yilning 27-fevral kuni soat 15:00 da o'tkazildi.

Ushbu mavzu bo‘yicha “TIQXMMI” MTU professori, biologiya fanlari doktori, MANEB akademiki Karimov Bakhtiyor Qurambayevichning “O‘zbekistonda elektrofishing va telemetriya usullarini ilmiy tadqiqotlarda qo‘llash tajribasi va istiqbollari” taqdimoti tinglandi. Seminarda Tabiat resurslari vazirligi, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent agrar universiteti, O‘zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi, “TIQXMMI” MTU va boshqa tashkilotlardan vakillar qatnashishdi.

Seminar oxirida o‘tkazilgan muhokamada seminar qatnashchilari O‘zbekistonda elektrofishing va telemetriya kabi butun dunyoda qo‘llanilayotgan usullarni qo‘llash ixtiologiya va baliqchilik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni keskin jadallashtirishga, baliqlar va tabiatni muhofaza qilishda katta ahamiyat kasb etishini  va bu usullarni ilm-fanga zudlik bilan keng tadbiq qilish zarurligini ta’kidladilar.