TIQXMMI yangiliklari

img
01.03.2023

"TIQXMM" Milliy tadqiqotlar universitetida " Pre-Test IELTS (paper-based)"imtixonining tashkil qilinishi

Joriy yilning  28-fevral  sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Yer Resurslarini Boshqarish” fakulteti 1-qavat, 1-zalida universitetimiz talabalari, professor-o’qituvchilari, doktorantlar, universitet qoshidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari ishtirokida IELTS(paper-based)" imtixoni Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Ushbu xalqaro imtixon bepul tashkil qilinib, undan ko’zlangan maqsad imtixon topshiruvchilarning xorijiy til darajalarini aniqlash, nomzodlarning egallagan ko’nikmalar bo’yicha kuchli va kuchsiz tomonlariga e’tibor qaratishdan iborat bo’lib, imImtixonda 50 nafarga yaqin nomzodlar qatnashishdi.

Xalqaro imtixonni  “Yer Resurslarini Boshqarish” “fakulteti dekani prof.Narboev Sharofiddin, Ingliz tili kafedrasi dotsent  v.b. Go’zal Eshchanova va o’qituvchi Marg’uba Xudayberganovalar ochib berib, barcha nomzodlarga omad tilagan holda o‘z nutqlarida  xozirgi kunda barchamiz uchun xorijiy til ko’nikmalarini yanada rivojlantirish   istiqbolli kelajakni yanada mustahkamlashini ta’kidlab o’tdilar. Tadbirni "Kasbiy Rivojlantirish Markazi" (Britaniya Kengashi va “TIQXMMI”MTU)treneri  Go'zal Eschanova tashkillashtirdi.  Ma’lumki, bu kabi xalqaro imtixon komponentlari ta'lim sohasi uchun maxsus ishlab chiqilgan bo’lib, undagi yondashuvlar mazmuni tajribaga mos kelib, bu imtixon topshiruvchi nomzodga eng yaxshi natijalarni qo’lga kiritish va test davomida xorijiy til ko’nikmlariga e'tibor qaratish imkonini beradi.

  

Eslatib o’tamiz, IELTS - Xalqaro ingliz tili test tizimi - bu dunyodagi eng mashhur ingliz tili testi. Ushbu tilni baholash bo'yicha dunyoning yetakchi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va sizning ingliz tilidagi barcha ko'nikmalaringizni - o'qish, yozish, tinglash va gapirishni baholaydi. IELTS imtihoni dunyoning 140 dan ortiq mamlakatlarida 11000 dan ortiq tashkilot tomonidan qabul qilinadi. Ushbu tashkilotlarga hukumatlar, ilmiy muassasalar va ish beruvchilar kiradi. Bu imtixon turi Britaniya Kengashi maxsuloti bo’lib, offlayn rejimda tashkil qilinib,  til ko’nikmalarini egallashga qaratilgan bo'yicha test bo'lib, u CEFR (Common European Framework of Reference) ga muvofiq nomzodning haqiqiy ingliz tilini bilish darajasi haqida ishonchli ma'lumot taqdim eta oladi.

'"TIQXMMI" Milliy Tadqiqotlar Universiteti matbuot xizmati