TIQXMMI yangiliklari

img
27.02.2023

Tarbiyada milliy qadriyatlarning o'rni

Yosh avlodni komillikka yetaklovchi eng katta kuch - bu kitob va hayotiy saboqlardir. Yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash kelajakni,  millatni va milliyligimizni boqiy va ozod holda saqlashimiz mumkin. Vatanga sadoqat, do'stlikka ishonch, oilaga mehr - muhabbat, kattalarga hurmatda kichiklarga izzatda bo'lish tuyg'usini shakllantirish milliy qadriyatlarni asl ko'rinishidir.

Joriy yilning 25 fevral kuni "O'zbek tili va adabiyoti "kafedrasi o'qituvchisi Rano Kodirova "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti 103 - guruh talabalari bilan "MILLIY QADRIYATLAR - MILLAT  MA’NAVIYATINING KO'ZGUSI" mavzusi ostida  noan'anaviy dars o'tkazildi.

Tadbirni "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti dekani Bahriddin Hasanov ochib berdilar. Talabalar milliy qadriyatlarimizga oid sahna ko'rinishlari, she'r, qo'shiqlar kuylashdi, raqsga tushdilar. Faol talabalar sovg'alar bilan taqdirlandilar. Tadbir sermazmun, foydali va qizg'in tarzda o'tdi.

 "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi Ra'no Kodirova axboroti

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Matbuot xizmati