TIQXMMI yangiliklari

img
27.02.2023

O‘quvchi-yoshlar uchun motivatsion tadbir

     2023 yilning 25 fevral kuni universitetning sirtqi fakulteti dekani B.Erkinov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Z.Haydarovlar maktab bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ularni oliy ta’limga qiziqtirish maqsadida Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida joylashgan 13-o‘rta maktabga tashrifni amalga oshirishdi.

      Tashrif davomida motivatsion tadbir tashkil etilib universitetimizda mavjud yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quvchi-yoshlarga batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, universitet hayotini aks ettiruvchi va o‘quv jarayoni to‘g‘risida ma’lumot beruvchi videorolik o‘quvchilarga namoyish etildi.

      Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan universitet mutaxassisliklari va yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘plab savollarga B.Erkinov hamda Z.Haydarovlar tomonidan javoblar, ma’lumotlar berildi. Ular tomonidan o‘quvchi-yoshlarga universitet tomonidan esdalik sovg‘asi sifatida kitob ulashildi. O‘z navbatida maktab direktori B.Xaitova o‘quvchilar bu tadbirdan juda xursand ekani, mart oyida maktab bitiruvchilari bilan albatta, universitetga tashrif amalga oshirilishini bildirdi.

           Universitet matbuot xizmati