TIQXMMI yangiliklari

img
25.02.2023

Yoshlar ongida giyohvandlikka qarshi kurash

 “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqatilishiga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik tadbirlarining o'tkazilishi davr talabi. Tadbir davomida hududlarda faoliyat ko'rsatayotgan YOshlar, Ma'naviyat va ma'rifat markazlari va barcha oliy ta'lim, o'rta maxsus bilim yurtlari, litseylar hamda umumta'lim maktablarda “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida uchrashuvlar va davra suhbatlari o'tkazilayotgani sir emas.

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida talabalar bilan o‘tkazilgan ushbu tadbir giyohvandlikning illatlari, inson uchun ajal koni ekani haqida Toshkent shahar Yunusobod tumani IIOFMB xodimlari Ch.Norboyev, F.Boboyev, A.Shaydullayevlar so‘zga chiqishdi. Talabalarga giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlarning ayanchli taqdiri aks etgan videolavhalar qo‘yib berildi. Tadbir savol-javob ruhida bo‘lib o‘tdi.

           Universitet matbuot xizmati