TIQXMMI yangiliklari

img
23.02.2023

Bugungi ishni ertaga qo'yma

Joriy yilning 16 fevral kuni “TIQXMMI” MTU psixologi M.K.Muhammedova GM fakulteti 113-guruh, YeRB fakulteti 114-guruh talabalari bilan "Baxt yalqovga begona" mavzusida seminar trening o'tkazdi. Tadbir talabalarning o'ziga bo'lgan ishonchini kuchaytirish, kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, o'z ehtiyojlari va his – tuyg'ularini inobatga olgan holda e'tiborlarini boshqalarga taqsimlashni o'rganish, psixoemotsional zo'riqishlarni pasaytirish, dangasalikni yengish orqali jamiyatga yetuk tafakkurli shaxs etib tarbiyalash  maqsadida tashkil etildi. Tadbirda talabalar taklifiga muvofiq dangasalikni yengish, dangasalikni keltirib chiqaruvchi omillar, dangasalikni yengish usullari va stressli holatlardan chiqish yo'l yo'riqlari haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tildi. Seminar trening davomida GIM fakulteti dekani B. Norov, GIM fakulteti yoshlar bilan ishlash dekan o'rinbosari O. Ro'zibayev, YeRB fakulteti tyutori O.Abdismatovlar ham o'z fikr mulohazalari bilan qatnashib, talabalarning kelgusi ishlarida, ijodiy parvozlariga qanot bag'ishlay oladigan maslahatlar berib o'tishdi.Tadbir savol va javoblarga boy tarzda o'tkazildi. Tadbir boshida passiv qatnashgan ayrim talabalar, tadbir oxirlariga kelib faolliklari ortdi. Bu albatta quvonarli holat. Demak, biz talabaning e'tiborini jalb qila oldik. Urinishlarimiz samara berganidan dalolat. Tadbir: “Buyuk faylasuf Suqrot aytganidek, «Kimda istak bo'lsa – yo'lini qidiradi, kimda istak bo'lmasa – sabab qidiradi». O'z maqsadingizni dangasalikni yengib amalga oshirish, Vatan va oilangiz oldida yuzingizni yorug' qilish uchun munosib yo'l qidirish o'z qo'lingizda”, degan jumlalar bilan ko'tarinki kayfiyatda yakunlandi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati