TIQXMMI yangiliklari

img
18.02.2023

Gender tenglik haqida

Maʼlumki, 2019 - yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida” Oʼzbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi oʼrniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifatida maʼqullangandi. Quvonarli tomoni shundaki, ming yillardan buyon jamiyatda ayol va erkak oʼrtasidagi tengsizlik va uni hal etish masalasi hamisha dolzarb boʼlib kelgan huquqiy munosabatlarning nechogʼlik dolzarbligiga qaratilgan qonundir. Shu munosabat bilan, 2023 yil 17-fevral kuni “TIQXMMI” MTU, Gidromelioratsiya fakulteti Xotin - qizlar Kengashi a'zolari tomonidan “Gender tenglik” va “Oilada zoʼravonlikka qarshimiz” mavzulari boʼyicha tadbir tashkil etildi. Tadbir: Universitet Xotin-qizlar masalalari boʼyicha Kengash raisi: Ismailova Zuxra Karabaevna tomonidan ochib berildi.

Tadbir mehmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xodjaeva Moxira Mirzaxmadovna va Oʼzbekiston Ekologik partiyasi boʼlim boshligʼi Аlixonova Gulsanam Omatjonovnalar, 2030 yilga qadar Oʼzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish, shakllantirish, Oʼzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirish imkonini berishi hamda «Xotin - qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida»gi qonunning tegishli qoidalari asosida oʼzining fikr va mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, har bir tizimda gender tenglikni taʼminlash boʼyicha Gender komissiyasi, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligi hamda kelgusidagi vazifalar toʼgʼrisida ham maʼlumotlar berib oʼtildi. Seminar mulohazalarga boy tarzda boʼlib oʼtdi. Xotin-qizlarimiz oʼzlarini qiziqtirgan savollariga ma'ruzachilar tomonidan batafsil javoblar olishdi, taklif va mulohazalarini bildirib oʼtdi.

Universitet matbuot xizmati