TIQXMMI yangiliklari

img
16.02.2023

Ma'rifat maydonidagi mubohasa

       Yoshlarning intelektual salohiyati, bilimi, saviyasi har doim muhim. Shuning uchun ham 2022 yilning 9- dekabr kuni oliy ta`lim muasasalari talaba yoshlari o`rtasida "Ma`rifat maydoni" tanlovini o`tkazish to`g`risida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 400- conli buyrug‘i chiqarilgandi. Xuddi shu yo`sunda tadbirlar o`tkazib kelinayotganligi e`tiborga molik.

     Kuni kecha "Toshkent Irrigatsita va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari inistitutu" Milliy tadqiqot unversititetining muhtasham madaniyat saroyida shu tadbirning birinchi bosqichi o`tqazildi. Unda O`zbekiston Milliy Unversiteti, Jahon tillari universiteti hamda Toshkent Tibbiyot akademiyasining talabalari ishtirok etishdi. Ular asosan "Adiblar xiyoboni"da o`zlariga biriktirilgan adiblarning hayoti va ijodi bilan bog`liq bo`lgan holdagi bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

     Musobaqa hakami sifatida universitetimizning professorlari Nilufar Yuldasheva, Rahimboy Jumaniyozov, bo‘lim boshlig‘i Zuhriddin Haydarov, psixolog Muhayyo Muhammedovalar xolislik bilan odilona baholashdi. Uchta shart bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Tadbir natijasiga muvofiq 1 - o`rin 40 ball bilan O`zbekiston Milliy universitetiga nasib etdi. 2- o`rin 36 - ball bilan Jahon tillari unversitetiga va 3- o`rin esa Toshkent Tibbiyot akademiyasining talabalariga musharraf bo‘ldi.

Gm fakulteti 1 - kurs 111-guruh talabasi M.Yarbekova axboroti

Unversitet matbuot xizmati