TIQXMMI yangiliklari

img
11.11.2021

“Qiz bola-bo`lg`usi uy bekasi, kelajagimiz egasi”

  Joriy yilning 10-noyabr kuni ta'lim muassasamizning 3-talabalar turar joyida xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z.Ismailova tashabbusi bilan “Qiz bola-bo`lg`usi uy bekasi, kelajagimiz egasi” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda “Xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilishning qonuniy asoslari” – Xasanova Mavjuda G`aniyevna O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O`zbekiston XDP fraksiyasi a`zosi,  shoira Mo`minova Zulfiya Mardonovna, “Sog`lom turmush tarzi - farovon hayot asosi” – Rahmatillayeva Muqaddasxon Mamayunusovna, Toshkent shahar Shayxontohur tumani 44-oilaviy poliklinika bosh shifokori, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, Toshkent shahar bosh imom xatibi 1-o`rinbosari Abduqahhor domla, O`zbekiston XDP faxriylar kengash raisi Gulyamov Alisher Tursunovich, O`zbekiston XDP Mirzo Ulug`bek tuman kengashi raisi Qurbonova Shaxzoda Nashpanovnalar tashrif buyurdilar hamda yoshlar bilan ishlash ma`naviyat va ma`rifat bo`limi boshlig`i Zuhriddin Haydarov, tyutor Dilnoza Xudoynazarovalar ishtirok etdilar. Tadbirda asosan 1-bosqich talaba qizlari qatnashdi. Moderator Asatova Gulshan Sayitovna O`zbekiston XDP Markaziy kengashi “Ayollar qanoti” rahbari tadbirni juda ko`tarinki ruhda olib bordilar.

 Bu tadbirda ilk so`zni Xasanova Mavjuda G`aniyevna talaba qizlar bilan uchrashuv o`tkazilayotganligidan xursandchiligi va o`zini talabalik davrini eslab, qizlarga bu darajaga yetguncha qancha mashaqqatli mehnat yo`llarini bosib o`tganligi hamda yurtboshimiz ayollar, qizlar uchun cheksiz imkoniyatlar yaratilganligi va bundan unumli foydalanish, ko`proq kitob o`qish haqida va siz tahsil olayotgan institut  Oliy ta`lim muassasalari reytingida 1-o`rinda ekanligi va shu institutda tahsil olayotganligidan faxr tuyg`usini his qilishini ta`kidladi. Shundan so`ng Mo`minova Zulfiya Mardonovna qizlarimizni oila qurishda to`gri tanlov qilishi, oilada o`z o`rnini topishi uchun muomala, odob-axloq, farosat, hurmat-izzat, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni ardoqlash va ularga amal qilish kerakligi hamda qizlar kelin bo`lib tushgan xonadonini quyoshi, yigitlar esa o`sha xonadonning podshosi deb his qilishlari kerak…

Toshkent shahar bosh imom xatibi 1-o`rinbosari Abduqahhor domla so`zga chiqib oila-muqaddas dargoh ekanligi,  qizlarimizni oilada birinchi o`rinda qaynonasining hurmatini joyiga qo`yishi hamda har  bir qiz o`ziga xo`p bo`ladi so`zini shior qilib olishi kerakligini hamda qizlarimizda ibo-hayo, hurmat, andisha kabi xislatlarni o`zida singdirishi zarurligini ta`kidlab o`tdi. Shundan so`ng tadbir ishtirokchilari va talaba qizlar o`zlarini qiziqtirgan savollarga qoniqarli darajada javob oldilar. Ushbu qizg`in bahs-munozaralarga boy bo`lgan davra suhbati nihoyasida O`zbekiston XDP Mirzo Ulug`bek tuman kengashi raisi Qurbonova Shaxzoda Nashpanovna tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarga esdalik sovg`alar hamda 3-talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi Xaitova Aziza Mamarasulovnani O`zbekiston XDP da faolligi va tashkilotchiligi uchun faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.

 

 3-TTJ tarbiyachi-pedagogi A.Xaitova  axboroti

TIQXMMI  matbuot xizmati