Tasviriy san’at galereyasiga tashrif
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti – Milliy tadqiqot Universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Z. Axmedjanova tomonidan joriy yilning 11-fevral sanasida 1 kurs talabalari bilan birgalikda O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasiga tashrif buyurdilar. Tashrif mobaynida ular 2004 yil Mustaqillik kuni arafasida ochilganligi, XX asr O‘zbekiston tasviriy san’atining barcha davrlari, maktablari, yo‘nalishlari va yetuk rassomlar ijodini o‘zida aks ettirgan boy to‘plamga ega ekanligi haqida ma’lumotga ega bo’ldilar. O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi-o‘zbek xalqining boy badiiy merosini saqlash, tasviriy san’at asarlarini to‘plash va yutuqlarini targ‘ib qilishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy muassasa bo’lib, O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrida maxsus qurilgan binoga joylashtirilganligi galereyada 15 ta ko‘rgazma xonasi, zarur texnika uskunalari bilan jihozlangan majlislar zali hamda xazina, ma’ruza va kino zallari, kutubxona, mohir usta studiyasi, ustaxonalar, badiiy salon, kafeteriy borligini ko`rdilar. Galereya xazinasida 20-avlod boshidan hozirgi kungacha yaratilgan O‘zbekiston tasviriy san’atining 1000 dan ziyod rangtasvir va grafika asarlari namunalari saqlanadi. O‘zbekiston milliy san’atining 20 asr boshlarida ijod qilgan P.Benkov, L.Bure, A.Volkov, Usta Mo‘min, A.Kurzin, N.Kashina, keyinroq N.Karaxan, A.Abdullayev, O‘.Tansiqboyev, N. Qo‘ziboyev, Ch.Ahmarovlar va boshqalarning asarlari bilan bir qatorda zamonaviy tasviriy san’at namoyandalari-O‘zbekiston akademiklari B.Jalolov, J.Umarbekov, A.Mirzaev, S.Rahmetov, S. Abdullaev kabi rassomlarning asarlari ham ekspozitsiyadan o‘rin olganligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Talabalar ijod namunalarini ko’rib xayratda qolishdi va bu tashrifdan juda ham mamnun bo’lib qaytishdi. Bu tashrifdan ko’zlangan maqsad talabalarni 5 ta muhim tashabbusning birinchi tashabbusi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini yanada oshirish, ularning iste’dodini yuzaga chiqarishdan iborat.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G. Z. Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati