TIQXMMI yangiliklari

img
13.02.2023

Stress – organizmning salbiy javobi

Joriy yilning 10 fevral kuni “TIQXMMI” MTU psixologi M.K. Muhammedova va GTQ fakulteti tyutori  D.Xursandovalar hamkorlikda GTQ fakulteti 2 kurs 202-203-guruh  talabalari bilan “Stressga barqarorlikni shakllantirish” mavzusida tadbir tashkil etishdi. Tadbir talabalarda o'quv faoliyati jarayonida yuzaga keladigan stressogen vaziyatlar (shaxsning stress holatiga tushishiga sabab bo'luvchi hayotiy murakkab vaziyatlar) va unga nisbatan bildiriladigan reaksiyalarning psixologik mexanizmlari, stressogen vaziyatlardan chiqib ketishda shaxsda mavjud bo'lgan optimizm va pessimizm xususiyatlarini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Seminarda stressning klinikasi, stressli vaziyatdagi fiziologik ko'rinishlar, stressdan qutilish va uning oldini olish usullari haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tildi va oliy ta'lim taqdim etgan “Talaba o'quvchilarning ruhiy holati” mavzusida so'rovnoma olindi va muhokama qilindi. Tabirda barcha talabalar faol qatnashishdi va foydali maslahatlarga ega bo'lishgan holda Lev Nikolayevich Tolstoyning purma'no so'zlari bilan yakunlashni lozim topdik: “Optimist odamlar ham qachonlardir ruhan tushkunlik dunyosida yashaganlar. Pessimist bo'lmagan odam hech qachon optimist bo'la olmaydi, aslida”.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati