TIQXMMI yangiliklari

img
10.02.2023

Notiq nufuzi va nutq ko‘rki

Joriy yilning 9-fevral sanasida soat 13:30 da navbatdagi "Notiqlik mahorati" oʻquv kursi dars mashgʻuloti boshlandi. Bu galgi darsda talabalar oʻzlariga berilgan erkin mavzular doirasida maʼlumotlar berishdi, hikoyalar soʻzlashdi. Soʻngra ularning hikoyalari talqini doirasida mulohazalar olib borildi. Zero, ustoz Rahimboy Jumaniyozov taʼkidlaganidek "Nutq madaniyati avvalo, toʻgʻri, adabiy til meʼyorlariga amal qilgan holda soʻzlashdir. Nutq madaniyatining yuqori darajasi madaniyatli kishining ajralmas xususiyati hisoblanadi. Nutqimizni yaxshilash har birimizning vazifamiz. Buning uchun talaffuzda, so'z shakllaridan foydalanishda, jumlalarni tuzishda xato qilmaslik uchun nutqimizni kuzatib borishimiz kerak"dir.

Dars mashgʻuloti yakunlangandan soʻng kurs aʼzolari va ustoz bilan birgalikda "Uztelecom" kompaniyasiga tashrif buyurildi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad Alisher Navoiy tavalludining 582 yillik bayramiga bagʻishlangan tadbirni ochib berish va tadbirda ishtirok etish hamda ma'ruzachilarning nutqini tahlil qilish edi. Tadbirda bevosita Alisher Navoiy hayoti, ijodi, qilgan ishlari-yu buyuk amallari tilga olindi, eʼtirof etildi. Tadbirga borgan talabalar faollikni aslo soʻndirishmadi.  Fursatdan foydalanib dars mashgʻulotini tashkil etgan universititimiz rektoriga va jonboz ustozimiz Rahimboy Jumaniyozovga tashakkur bildiramiz!!!

"ENERGETIKA" fakulteti 1-bosqich talabasi T.Shukurullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati