TIQXMMI yangiliklari

img
09.02.2023

Ustoz shogird

Mamlakatimizda ayolga bo‘lgan munosabat o‘z tarixiy ildizlariga ega. Ajdodlarimiz doimo ayollarni  qadrlashga, ularga nisbatan hurmat va izzatda bo‘lishga undashgan. Shunday ekan unversitetimizda ham doimo  ayollarga shu bilan birga ilm fan sohasida xizmat qilgan ayol ustozlarga alohida hurmat va ehtirom ko‘rsatib kelinadi. 

Abdulla Avloniy: “Qizlar bilim olishga hammadan ko‘proq intilishlari lozim, zero, bu bilimlar bilan ular kelajak avlodni tarbiyalaydilar”, — deb yozgan edi. 11-fevral  “Ilm- fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”  yurtimizda nishonlanib kelinadi. Shu munosabati bilan “Ekologiya va huquq” fakul`teti Xotin qizlar kengashi a'zolari uzoq yillar “Gumanitar fanlar” kafedrasida  samarali faoliyat olib borgan olima ayollar t.f.n.dotsent Ismoilova Gulnora Umarjonovna va s.f.n. Ozoda Shermuxammedovalar xonadonida bo‘ldilar. Tashrif  davomida ustozlar o‘z umr yo‘llarini so‘zlab, bu yo‘lda uchragan sinovlar haqida ilm yo‘lidagi mashaqqatlar hamda o‘z kasblarining muvaffaqiyatlari haqida aytib o‘tishdi.