Mangulikka muhrlangan mutafakkirga bag’ishlandi
Mamlakatimizda Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligini keng nishonlanishi munosabati bilan joriy yilning 8 fevral kuni TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti madaniyat saroyida “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti jamoasi tomonidan “G‘AZAL MULKINING SULTONI” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Bu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi iqtidorli shoir Axtamquli Karim va uning ustozi filologiya fanlari nomzodi, professor Abdumurod Tilovovlar tomonidan A.Navoiy hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi, undan tashqari O‘zbek milliy maqom ansambli san’atkorlari ijrosida A.Navoiy g‘azaliga bastalangan qo‘shiqlar ijro etildi. Undan tashqari universitetimiz faol va iqtidorli talabalari tomonidan A.Navoiy hayoti va ijodi haqida sahna ko‘rinishlari va Navoiy g‘azaliga bastalangan mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi.
Universitetimiz talabalari o‘rtasida A.Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan insholar va devoriy gazetalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash tadbir fayziga fayz qo‘shdi. Bunda 1, 2 va 3 - o‘rinni egallagan g‘oliblarga diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan taqdim etildi. Tadbir yig‘ilish ishtirokchilarida Navoiy hayotiga yana bir bor nazar tashlashga imkon yaratdi va olam olam taassurotlarga ega bo‘lishgan holda o‘z yakuniga yetdi.
Universitet matbuot xizmati