Ekinlarni sug‘orishda innovatsiya texnalogiyalarni qo‘llash
8 fevral kuni “TIQXMMI” MTU " "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori D. Axrarova amaliyot rahbari assistent D. Rahmonov bilan hamkorlikda SXITUF yo’nalishi 206-guruh talabalari ishtirokida “AGRODRIP” MCHJ tashkilotida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Amaliy mashg‘ulot jarayonida talabalar qishloq xo‘jaligida innovatsiya, ekinlarni yomg‘irlatib, tomchilatib va avtomatik sug‘orish haqida tushunchalarga ega bo‘ldi. Jumladan, tomchilab sug‘orish sistemasi shlangi va ulang‘ichlari, diskli suv tozalochi filtr, politelin truba va filtrlar hamda loyqa suvni tinitib beruvchi uskunalar bilan yaqindan tanishishdi.
Talabalar mutaxassis ishtirokida hozirgi kunda sug‘orishning maqbul usullari va turli hududlarda foydalanish mumkinligi to‘g‘risida hamda suvning iqtisodiy samaradorligi haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Amaliyot talabalarda o‘zgacha taassurotlar qoldirib, 5+1 emas, balki 4+2 degan fikrni ilgari surishdi. Amaliyot so‘ngida talabalar barcha savollariga javoblar olishdi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarova axboroti
Universitet matbuot xizmati