Кorrupsiya - taraqqiyot kushandasi
“TIQXMMI” MTU “ENERGETIKA” fakulteti 1-bosqich talabalariga Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Akbar Umirovich Gapparov ishtirokida "Stop korrupsiya" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bunda talabalarga korrupsiya nima ekanligi, uning koʻrinishlari, korrupsiya holati yuz berilganda kimga murojaat qilinishi,korrupsiyaga qarshi kurash siyosatini shakllantirish borasida vakolatli organlar borligi haqida maʼlumotlar berib oʻtildi. Talabalar bilan boʻlgan bevosita ochiq muloqotda korrupsiya holati kuzatilsa,qanday tashviqot ishlarini amalga oshirish mumkinligi boʻyicha keng fikrlar aytildi. Maʼlumot oʻrnida: Korrupsiya- shahsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxsning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi,xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir. Eslatib oʻtamiz!!! "TIQXMMI" MTU "KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH" boʻlimining telegram botlari mavjuddir. Korrupsiya holati kuzatilganda murojaat qilish soʻraladi. Murojaatchining shaxsi esa sir saqlanishi kafolatlanadi. Fursatdan foydalanib talabalar bilan mazmunli suxbat qurib fikr almashgan Akbar Umirovich Gapparovga va uning jamoasiga tashakkur bildiramiz.
“ENERGETIKA” fakulteti 1-bosqich talabasi T.Shukurullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati