TIQXMMI yangiliklari

img
07.02.2023

Navoiy ijodiga nazar

        Joriy yilning 3 fevral kuni TIQXMMI  Milliy tadqiqot universiteti 3-Talabalar turar joyida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “Navoiyxonlik kechasi” uyushtirildi.  Kecha "Iqtisodiyot" fakulteti  dekani o'rinbosari J.Turdiyev hamda fakultet tyutorlari tashabbusi bilan tashkil qilindi. Tadbirga   universitet psixologi M.Muxammedova, TTJ tarbiyachi-pedagogi, kutubxonachisi taklif qilindi. Navoiy ijodiga mehr qo'ygan she'riyat ixlosmandlari fakultetning faol talabalari ishtirok etishdi. Kechani dekan o'rinbosari kirish so'zi bilan ochib berib, Navoiy asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, to'g'riso'zlik mavzulari haqida gapirdi. Buyuk shoir asarlari  nechog'lik tarbiyaviy ahamiyatga egaligi haqida gapirib o'tib quyidagi misralarni o'qidi va ta`riflab berdi : Kim, kuchuk birla xo‘tukka necha qilsang tarbiyat, It bo‘lur, dog‘i eshak, bo‘lmaslar aslo odami.

         Fakultet tyutorlaridan M.Vafoyeva so'zga chiqib, Navoiy ilohiy qobiliyat egasi bo'lganligini, o'z zamonasida adolat va yurt istiqboli uchun kurashganligi bilan bir qatorda xalqparvar inson bo'lganligini ta`kidladi. Keyin, M.Vafoyeva hamda 118-guruh talabasi Mamatqulov Mirvohid bilan Navoiy va Guli monologini o'qib berishdi. Universitet psixologi M.Muxammedova so'zga chiqib, kitob - eng ishonchli sirdosh do'st, beminnat maslahatchi ekanligini, muqaddas kitoblarimizda bejizga “Beshikdan qabrgacha ilm izla” deyilganligini aytib  o'tib, talabalarni badiiy asarlar o'qishga chorladi. M.Muxammedova Navoiy ijodiga nechog'lik hurmat bilan nazar solishini “Mubtalo bo'ldim sango...” radifli g'azalini kuyga solib xirgoyi qilishlari bilan isbotladi. Talabalar qarsaklar bilan olqishladi. TTJ tarbiyachi-pedagogi  N.To'raqulova so'zga chiqib,  shunaqa kechalarni talabalar tashabbusi bilan tashkil kilinsa nur ustiga a'lo nur bo'lishini gapirdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti tyutori I.Axmedova axboroti