02.02.2023
AUTONOMOUS bilan talabalar uchrashuvi
Kuni-kecha Universitetimizning “Energetika” fakulteti 2-bosqich "EE" ta’lim yo‘nalishi talabalari guruh tyutori Xudoynazarova Dilnavoz rahbarligida fakultetda tashkil etilgan iqtidorli talabalardan iborat AUTONOMOUS jamoasining erishgan yutuqlari va kelajakdagi rejalar bilan tanishishdi. Autonomous jamoasi rahbari va fakultet katta o‘qituvchisi Nig‘matov Azizjon Maxkamovich talabalarga guruh faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va Autonomous jamoasining innovatsion loyihalari bilan ham yaqindan tanishishdi.
“Energetika” fakulteti 2-bosqich talabasi T.Ergashov axboroti
Universitet matbuot xizmati