Umid qildim – yetdim, noumid bo'ldim – yiqildim
Joriy yilning 31yanvar kuni “TIQXMMI” MTU GM fakulteti 2-kurs 209-guruh talabalari bilan universitet psixologi M.K.Muhammedova va GM fakulteti tyutori Z.Tursunovalar hamkorligida “Ertadan umiding bo'lmasa, kelajakka qiziqishing ham bo'lmaydi” mavzuida davra suhbati o'tkazildi. Tadbir talabalarning psixik taraqqiyotidagi, hulqidagi nuqsonlar, hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korrektsiya qilish; talabalarga ruhiy motivatsiya berish orqali ularda yuzaga kelayotgan tashqi va ichki zo'riqishlarning oldini olish; ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish va o'zaro ijtimoiy munosabatda muomala madaniyatini o'stirish maqsadida tashkillashtirildi.
Tadbirda talabalarning e'tiboriga diniy va dunyoviy tomondan: rivoyatlar, hadislar, qur'ondan keltirilgan oyatlar orqali va zamondosh olimlarimizning fikr va mulohazalaridan keltirilgan dalillar orqali qiziqarli ma'lumotlar havola etildi. Barcha talabalar tadbirda faol qatnashib, kelajakda yetuk mutaxassis bo'lish uchun motivatsiyalar olishgan holda tadbir nihoyalandi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati