Tyutor va talabalar notiqlik darsida
Insonning boshqa mavjudotlardan farqi shundaki, unga Alloh tomonidan aql, idrok va zabon berilgan. Insonning birgina so`zi uni shohga yoki bir lahzada gadoga aylantirishi mumkin. So`zning yana shunday qudrati borki u bir onda urushlarni boshlatishi yoxud urushlarga chek qo`yishi mumkin. So`zni o`z vaqtida va o`rnida ishlatishni o`rganishda davom etayotgan bo`lajak notiqlarning navbatdagi darslari bo`lib o`tdi. Notiqlik darslari doim bir-biridan farq qilishi va yangidan yangi o`rganuvchilarni o`ziga jalb qila olishi bilan ajralib turadi. Bugungi dars ham xuddi shunday yangi o`rganuvchilar qurshovida bo`lib o`tdi.
Yangi o`rganuvchilar oldiniga o`zlarining hayajonlarini yenga olishmadi, buni ko`rgan tyutorlar tezda chaqqonlik bilan o`zlarining so`zamolliklarini ishga solib ularga ilhom qanotlarini yoyishdi. So`zlarni qanday tanlash kerakligini, qo`rquvlarini qanday yengishlari kerakligini o`quvchilariga namoyon qilishdi. Bundan shijoatlangan talabalar birin ketin mikrofonni qo`liga olib nutq so`zlay olish u qadar ham qo`rqinchli emas ekanligini anglab yetishdi. Tyutorlarning asl vazifasi ham talabalarni ruhlantira olish ekanligini bugungi darsda ishtirok etganlar anglab yetishdi.
Gm fakulteti 1-kurs 111-guruh talabasi M.Yarbekova axboroti
Unversitet matbuot xizmati