TIQXMMI yangiliklari

img
09.11.2021

O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi  qoshida tashkil etilgan muzeyga tashrif

Talabalar  bosh vaqtini mazmunli otkazish  maqsadida Qishloq va Suv xojaligida energiya taminoti fakultetida ham turli tadbirlar  tashkil etilmoqda, qolaversa talabalar taklif va qiziqishlarini inobatga olgan holda amaliy ishlar kolami kengaytirilmoqda. Fakultet dekani A.Isakov, dekan o’rinbosari A.Mutalov, murabbiy-ustozlar, birktirilgan tyuterlar boshchiligida  6-noyabr kuni fakultet yoshlari yozuvchilarning koʻngilli ijodiy jamoat tashkiloti bo’lgan Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi  qoshida tashkil etilgan muzeyga tashrif  buyurishdi. Ochiq chehra bilan barchani kutib olgan muzey mudirasi Ramazonova Munira G’ulomjonovna muzey haqida to’liq ma’lumot berdilar hamda o’zbek adabiyoti tarixida jadidchilik davridan boshlab mustaqillik yillari o’zbek adabiyoti olamining mashhur vakillari hayoti va ijod yo’llarini so’zlab berdilar.

Talabalar anchagina qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldilar hamda ular tomonidan berilgan savollarga Munira G’ulomjonovna batafsil javob berdi. Muzeyda O’zbekiston qahramonlariga ham alohida burchak tashkil etilganligi O’zbek zamimida qalam tebratgan adiblar, shoirlar, olimlar , umuman aytganda ijodkor ahliga bo’lgan yuksak hurmat va boqiy xotiraning ramzi deyishimiz mumkin. Fakultetimiz yoshlarida muzey sayohati yaxshi taassurot qoldirdi. Ularning bo’sh vaqti mazmunli o’tganligidan barcha xursand, zero qimmatbaho vaqtni to’g’ri taqsim qilmaslik oqibatida qanchadan-qancha ko’ngilsizlik holatlari aynan yoshlar tomonidan qilinayotganligi sir emas. Bu singari adabiy muhit olamiga sayohatlar yanada ko’p uyushtiriliob, amalga oshirishga kelishib olindi.

TIQXMMI matbuot xizmati