Iqtibos
Bu - Notiqlikka chorlaydigan yangi loyiha. Bugungi kundagi siyosatchilarning notiqlik qobilyatlarini yanada oshirish va ularning oratorlik qobilyatlarini yuksaltirish maqsadida ustoz Raximboy Jumaniyozov tashabbusi bilan "Iqtibos" nomli yangi ko‘rsatuv tayyorlanmoqda. Bu ko‘rsatuvda butun dunyo mutafakkirlarining voqelikka qarashlari aks etgan aforizmlari tahlil etiladi. Bu ko‘rsatuvning loyihasi Notiqlik mahorati o‘quv kursi tinglovchilari tomonidan muhokama qilindi. Unda ilk mehmon sifatida ishtirok etish men uchun yuksak sharaf bo‘ldi desam adashmayman. Bu ko‘rsatuvni tomoshabinlar ortasiga olqish olishiga va xalqimiz tomonidan sevib tomosha qilinishiga ishonaman. Dars jarayonida ushbu aforizmlar muhokama qilindi.
"Tarixga kirish qiyin, lekin unga tushib qolish oson"
M. Jvanetskiy.
"Bugun, boshqalar istamayotgan ishni qiling, ertaga, boshqalar faqat orzu qilganidek yashaysiz."
Maykl Jordan
"Baxt tana uchun foydali, lekin faqat qayg'u ruhni rivojlantiradi."
Marsel Prust
"Johil kishining zulmini sukut bilan daf qilasan. Chunki, johilga gapning kor qilmasligini bilasan."
Abu Homid G'azzoliy
"Kambag'al bo'lishning uyati yo'q, biroq arzon bo'lish uyatli hisoblanadi."
© Vasiliy Shukshin
"Notiqlar uch toifaga bo'linadi: birini tinglash mumkin, boshqalarini tinglash mumkin emas, uchinchisini esa tinglamasdan iloj yo'q".
® Arxiepiskop Magie
"Yaxshi notiq - bu qiyin narsalar haqida gapirishni biladigan odam."
© Skylef
"Odamlar to'g'ri gapira olmaydiganlarga hurmatni yo'qotadilar va so'zlarni boshqacha tarzda boshqara oladigan odamlarni hurmat qilishadi"
© T. Shibutani
Fikrlash dunyodagi eng qiyin ishlardan biri hisoblanadi. Shu sabab uni ko'pchilik o'z zimmasiga olavermaydi!
® Genri Ford
Boshqaruv san'ati - odamlarning o'z lavozimlarida qarishiga yo'l qo'ymaslikdan iborat.
® Napoleon Bonapart
"Agar uni uzun qilsa, hatto eng yorqin nutq ham zerikarli bo'ladi."
© Paskal
"Insonning buyukligi uning o'tkir fikrlay olish qobiliyatidadir."
© Paskal
"Farzandlaringizni jim turishga o'rgating, gapirishni o'zlari ham o'rganadi."
© Franklin
"Yuksalish - o'zgarishni anglatadi, mukammal bo'lish esa muntazam o'zgarish demakdir."
®️ Cherchill
GM fakulteti 1- kurs 111-guruh talabasi Yarbekova Mohinur axboroti
Universitet matbuot xizmati